Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

"Navbahor U21" jamoasi shartli ravishda uy uchrashuvlarini Namanganda o‘tkazadi

"Navbahor U21" jamoasi shartli ravishda uy uchrashuvlarini Namanganda o‘tkazadi

Baho:
+ | -

Namangandagi "Markaziy" stadioniga tutash hududda joylashgan zaxira futbol maydoni so‘nggi uch mavsum davomida o‘z sifatini yo‘qotib bordi. "Navbahor" klubi Liganing qator ogohlantirishlariga qaramay, mazkur masala ustida yetarlicha ish olib bormadi va oqibatda klubning U21 jamoasi mavsumning ilk rasmiy o‘yinida texnik mag‘lubiyat qabul qilib oldi.

Shundan so‘ng futbol maydonini tartibga keltirish yuzasidan ish boshlandi. 24 mart kuni Liga mutaxassislari Namanganda bo‘lib, o‘zgarishlar bilan tanishdi. Maydon hududi cheklangan bo‘lib, zaxira o‘rindig‘i, yordamchi hakam va nazoratchi uchun mo‘ljallangan nuqtalar futbolchilar erkin harakatlanishi uchun xalal berib kelgan. Endilikda mazkur nuqtalar tribunaga ko‘chirildi.

Shuningdek, jamoalar va hakamlar kiyim almashtirish xonalarida va nihoyat ta’mirlash ishlari boshlangan bo‘lib, klub rahbariyati uni 27 mart kuni nihoyasiga yetkazishni rejalashtirgan. Biroq futbol maydonida kamchiliklar yetarlicha. Maysa oylab parvarish qilinmasligi oqibatida, uning holati yomonlashib borgan. "Navbahor U21" jamoasiga texnik mag‘lubiyat yozilganidan keyingina, zaxira maydonida qandaydir harakatlar boshlangan.

Maydon ajriq bilan qoplangani uchun, u aprel oyining birinchi o‘n kunligida o‘z holatini yaxshilashi tahmin qilinmoqda. Buning uchun klub va stadion rahbariyati maydon parvarishiga urg‘u berishda davom etishi, maysa o‘z vaqtida sug‘orilishi va kerakli ozuqalar bilan ta’minlanishi shart.

Yuqoridagi harakatlar inobatga olinib, Liga mutaxassislari 12 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan "Navbahor U21" — "Sho‘rtan U21" o‘yinidan keyin futbol maydonini qayta monitoring qiladi. Unga qadar "Navbahor U21" jamoasi mazkur maydonda 2 ta uchrashuv o‘tkazishi uchun istisno tariqasida ruxsat beriladi. Klub rahbariyati 13 aprel holatiga ko‘ra Ligaga berilgan va’dani to‘liq bajarsa va avvalgi yillarda bo‘lgani kabi e’tiborsizlik qilmasa, Liga keyingi tur uchrashuvlar uchun ham maydonni ro‘yxatdan o‘tkazadi.

Liga nafaqat zaxira maydoni, balki asosiy tarkib o‘z uchrashuvlarini o‘tkazadigan asosiy maydon holatini yaxshilash bo‘yicha ham ish olib borilishiga umid qiladi. 2018 yil foydalanishga topshirilgan futbol maydoni o‘z vaqtida respublikadagi eng yaxshilaridan biri edi. Oradan 7 yil o‘tib, turli faktorlar sabab maydon holatida salbiy o‘zgarishlar yuz bergan. 2026 yilga qadar holatni o‘nglash uchun yetarlicha vaqt mavjud.

Kiritildi: 13:51, 25.03.2025.
O'qildi: 776 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.