Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Sherzod Nasrullayev: «3 ochko to‘plasak, Mundial masalasini hal qila olamiz»

Sherzod Nasrullayev: «3 ochko to‘plasak, Mundial masalasini hal qila olamiz»

Baho:
+ | -

Bugun O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionati saralash doirasida Eronga qarshi maydonga tushadi. Ushbu muhim bahs oldidan “Nasaf” klubi himoyachisi Sherzod Nasrullayev “Daryo” nashri uchun qisqa intervyu berdi.

— Eronga qarshi bahs oldidan nima deya olasiz, imkoniyatlar qanday?
— Eron doimo O‘zbekiston uchun noqulay raqib hisoblanadi. Bizni qiyin bahs kutib turibdi, lekin jamoa o‘yinga tayyor. Mashg‘ulotlar yaxshi o‘tmoqda. Xudo xohlasa, o‘zimiz uchun kerakli natijani qo‘lga kiritamiz.

— Jamoaning Jahon chempionatiga chiqish imkoniyatini qanday baholaysiz?
— Imkoniyatlarimiz yaxshi. Yana 3 ochko to‘plasak, nazariy jihatdan Mundial masalasini hal qilamiz. Lekin oldinda 3 ta muhim bahs kutib turibdi. Barcha jamoalar JCHga chiqish uchun harakat qilmoqda.

— Srechko Katanes terma jamoadan ketishiga futbolchilarning munosabati qanday bo‘ldi?
— Yomon holat bo‘ldi. Janob Srechko O‘zbekiston terma jamoasi uchun ko‘p narsa bera oldi. Albatta, barcha futbolchilar bundan xafa bo‘lishdi. Lekin bu — futbol. Unda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Inson uchun sog‘liq doim birinchi o‘rinda turadi. Unga sog‘liq tilab qolamiz.

— MTJ boshqaruviga Temur Kapadzening kelishi haqida ham fikringiz qiziq.
—Temur aka o‘zbek futboli uchun yaxshi tanish bo‘lgan inson. Hozirga vaziyatda boshqaruvga uning kelishi to‘g‘ri qaror deb o‘ylayman. O‘yinlarga juda kam vaqt qolgan edi. Agar chetdan murabbiy olib kelinsa, u bizning futbolga moslashguncha ham ozroq vaqt talab etilardi. Shuni inobatga olib, O‘FA to‘g‘ri qaror qabul qildi deb o‘ylayman. Temur aka yaxshi mutaxassis, jamoa unga ishonadi.

— Nima deb o‘ylaysiz Temur Kapadze va Srechko Katanes o‘rtasidagi farq qanday?
— Tajriba tomonlama Srechko Katanes ustunroq deb o‘ylayman. Temur Kapadze esa hujumkor futbolni yaxshi ko‘radi. Katanes paytida biz ko‘proq himoyaviy o‘yin ko‘rsatardik va uni yaxshi o‘zlashtira oldik. Endi hujumkorroq futbol namoyish etamiz deb o‘ylayman.

— Kapadzening debyuti haqida nima deya olasiz?
— Temur akaning debyuti qiyin bo‘ldi. Lekin eng muhimi g‘alaba qozondik va 3 ochkoni qo‘lga kiritdik. Kapadze men bilgan murabbiylar ichidagi eng yaxshilaridan biri hisoblanadi. Sababi u futbolchilarni maydonda ham, maydon tashqarisida ham tushunishga harakat qiladi. Shu bois uning rasmiy bahslardagi debyut g‘alabasidan juda xursand bo‘ldim.

— O‘zbekistondagi eng kuchli chap qanot himoyachilaridan birisiz, Superligada ko‘proq qolib ketmadingizmi?
— Ha, o‘zim ham O‘zbekistonda ko‘p qolib ketganimni bilaman. Bir qancha takliflar bor. Ularni o‘rganib chiqmoqdamiz. Munosib jamoa bo‘lsa, albatta legionerga aylanaman. Balki yozda, balki keyingi yil — hammasini vaqt ko‘rsatadi.

— “Nasaf” haqida nimalar deya olasiz, chempionlikni himoya qilishga jamoaning imkoniyati qanday?
— Mavsum oldi Antaliyada yig‘in o‘tkazdik. Tayyorgarlik yaxshi o‘tdi. 10 ta jamoa bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdik. Yangi kelgan futbolchilar ham jamoaga moslashib oldi. Jamoa chempionlikni yana bir bor qo‘lga kiritishga harakat qiladi. Umid qilamanki, buni uddalay olamiz.

— O‘zbekiston kubogida “Nasaf”ga qiyin raqiblar tushdi.
— Ha, bu yil “Paxtakor” va “OKMK” kabi kuchli jamoalarga qarshi o‘ynaymiz. Imkoniyatlar deyarli teng. Hech bir jamoani alohida ajratib ko‘rsatib bo‘lmaydi. Bizni qiyin bahslar kutib turibdi. Umid qilamanki, “Nasaf” kerakli natijalarga erisha oladi.

Jamshidbek Mahmudov suhbatlashdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:52, 25.03.2025.
O'qildi: 2659 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.