Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

“Ehtiyot bo‘ling, men yo‘lga chiqdim” — Bahodir Jalolov Aleksandr Usik bilan jang qilmoqchi

“Ehtiyot bo‘ling, men yo‘lga chiqdim” — Bahodir Jalolov Aleksandr Usik bilan jang qilmoqchi

Baho:
+3 | -1
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekistonlik ikki karra Olimpiya chempioni Bahodir Jalolov super og‘ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioni ukrainalik Aleksandr Usikga qarshi ringga chiqishni xohlayotganini ma’lum qildi. Bu haqida The Ring nashriga tayanib sports24.kz xabar berdi.

Jalolov bir necha oy vaqt shug‘ullansa, Aleksandr Usik va Entoni Joshua bilan jang qilishga tayyor bo‘lishi haqida gapirdi:

"Menga ikki-uch oy vaqt bering. Bir oz shug‘ullansam, Usik va Entoni Joshua bilan jangga tayyor bo‘laman. O‘ylaymanki, bu qarama-qarshiliklar muxlislar uchun qiziq bo‘ladi. Ular ham men kabi Olimpiya chempionlari hisoblanadi, shuningdek professional boksda ham katta yutuqlarga erishishgan. Ehtiyot bo‘ling, men yo‘lga chiqdim", dedi Jalolov The Ring nashriga bergan intervyusida.

Bahodir Jalolov 2021 va 2024 yilgi Olimpiadalarda oltin medalni qo‘lga kiritgan. Professional boksda esa 14 ta jangning barchasida raqiblarini nokautga uchratgan. U 5 aprel kuni Ostonada ukrainalik Igor Shevadzuskiyga qarshi ringga chiqadi.

2012 yilgi Olimpiya chempioni Aleksandr Usik esa professional boksda hozirgacha mag‘lubiyatsiz yurishini davom ettirib kelmoqda (23-0) va super og‘ir vaznda mutlaq jahon chempioni hisoblanadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:29, 26.03.2025.
O'qildi: 3426 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик