Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Roma" Dibala o‘rniga ikki futbolchi topib qo‘ydi

"Roma" Dibala o‘rniga ikki futbolchi topib qo‘ydi

Baho:
+ | -

"Roma" hujumchi Paulo Dibalaga o‘rinbosar bilan shartnoma imzolash haqida o‘ylamoqda. Argentinalik futbolchi jarohat tufayli uzoq muddatga safdan chiqdi. Bundan tashqari, uning kelasi yozda klubni tark etishi ham istisno qilinmayapti. La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra rimliklar 31 yoshli forvardning o‘rinbosari sifatida "Feyenoord"dan Igor Payshao va "Komo"dan Nikolas Pasni ko‘rishmoqda.

24 yoshli braziliyalik futbolchiga "Napoli" ham qiziqish bildirmoqda. Uning Transfermarkt portalidagi narxi - 25 mln yevro.

20 yoshli Pasga "Inter" da’vogarlik qilmoqda, argentinalik futbolchining Madridning "Real" klubiga qaytishi ham ehtimoldan xoli emas - "qaymoqranglilar" o‘z tarbiyalanuvchisini sotib olishda ustuvor huquqqa ega. "Komo" yulduzining Transfermarkt bo‘yicha narxi 35 mln yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 05:50, 29.03.2025.
O'qildi: 1400 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик