Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi 3-0 Andijon
10/03 19:45 Mash’al 0-2 Qizilqum
10/03 20:30 Paxtakor 0-2 Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy 1-0 Liverpul
11/03 01:00 Atalanta 0-3 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 4-1 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 0-0 Barselona
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt - Sporting
12/03 01:00 PSJ - Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid - Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

Ilyos Zeytullayev: "Yigitlar vazifani to‘liq bajardi"

Ilyos Zeytullayev: "Yigitlar vazifani to‘liq bajardi"

Baho:
+ | -

Superliganing 3-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" – "Surxon" (3:1) uchrashuvidan keyin "qaldirg‘ochlar" ustozi Ilyos Zeytullayev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- O‘ylashimcha qiziqarli uchrashuv o‘tkazdik. Ilk daqiqalardanoq hujumkor, agressiv o‘yin ko‘rsatdik. Raqib darvozasi oldida xavfli vaziyatlarni yuzaga keltira oldik. "Surxon" yaxshi shakllangan jamoa ekanligini bilardik. Futbolchilar shunga mos ravishda himoyada yanada diqqatliroq bo‘lishdi. Chunki mehmonlar tarkibida texnikasi yuqori o‘yinchilar bor. Aytganimdek, umumiy ma’noda qiziqarli bahs bo‘ldi. Agar muxlis bo‘lganimda bu kabi bellashuvlarni yana bir marta ko‘rar edim. Mavsumni omadsiz boshlagan "Surxon"ga navbatdagi uchrashuvlarda omad tilayman!

Qo‘l ostimda juda ahil jamoa yig‘ilgan. Futbolchilar bir-biriga yordam beradi, bir-biri uchun harakat qiladi. Bizda bir tomonni o‘ziga tortadigan insonlar yo‘q. Shunday bo‘lganida bu o‘z so‘zini aytardi. Odil Hamrobekov, Bobur Yo‘ldoshev, Temurxo‘ja Abduxoliqov kabi yigitlar jamoani o‘z ortidan o‘zgashtira oladi. Albatta butun mavsumni shunday barqaror kayfiyatda o‘tkazishni istaymiz, ammo futbolda qiyinchiliklar bo‘ladi. Jamoa kuchli bo‘lsa bu qiyinchiliklarni oson yengib o‘tadi. Xursand qiladigan tomoni shuki, biz qishki yig‘inlarda ham mag‘lubiyatga uchramagan edik, lekin qachondir baribir qiyin kunlar keladi. Shunday kunlarda birgalikda kuchli bo‘lishimiz kerak.

"Surxon"ning kuchli tomonlari shu ediki, agar raqibga ustunlikni topshirib qo‘ysak, butun bellashuv davomida to‘psiz o‘ynashimizga to‘g‘ri kelardi. Qolaversa, raqibning ayrim o‘yinchilariga masofa qoldirsangiz sizga katta muammolar tug‘diradi. Biz buni bilardik va mashg‘ulotlarda shunga mos ravishda tayyorgarlik ko‘rgandik. Yigitlar vazifani to‘liq bajarishdi.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 11:24, 29.03.2025.
O'qildi: 530 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.