Kirish Ro'yxatdan o'tish

Flik: "Levandovski faqat jamoaviy muvaffaqiyatni o‘ylaydi"

Flik: "Levandovski faqat jamoaviy muvaffaqiyatni o‘ylaydi"

Baho:
+1 | -

"Barselona" ustozi Xans-Diter Flik hujum chizig‘ida Robert Levandovski va Ferran Torres o‘rtasidagi raqobat haqida gapirdi.

Murabbiyning so‘zlariga ko‘ra, Levandovski La Liganing eng yaxshi to‘purariga beriladigan sovrin haqida o‘ylamayapti.

"Men Ferran va Levi bilan gaplashdim. "Osasuna"ga qarshi o‘yin oldidan biz bo‘lajak o‘yinlar haqidagi fikrlar bilan bir qarorga keldik (Levandovski o‘shanda ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushgan - tahr). Levandovski faqat jamoaviy muvaffaqiyatni istaydi, u Pichichining sovrini haqida o‘ylamaydi. U jamoaga nima kerakligiga qaraydi. Bu juda yaxshi," - dedi Flik matbuot anjumanida.

Kiritildi: 19:28, 29.03.2025.
O'qildi: 523 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик