Kirish Ro'yxatdan o'tish

Grizmann ikki oydan beri gol urishni esdan chiqarib qo‘ydi

Grizmann ikki oydan beri gol urishni esdan chiqarib qo‘ydi

Baho:
+ | -

Antuan Grizmann ikki oydan beri La Ligada gol ura olmayapti.

Ispaniya chempionatining 29-turida "Atletiko" safarda "Espanyol" bilan durang o‘ynadi (1:1). Grizmann bu bahsda gol ura olmadi.

"Matraschilar" hujumchisi oxirgi marta La Ligada 1 fevral kuni "Malyorka"ga qarshi o‘yinda (2:0) gol urgan edi.

15 dekabrdan buyon fransiyalik futbolchi bor-yo‘g‘i ikkita golda ishtirok etdi (bitta gol va bitta golli uzatma). Bu davrda Grizmann chempionatda 13 ta uchrashuv o‘tkazdi.

Umuman olganda, Antuan joriy mavsumda La Ligada 28 o‘yinda 8 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 22:34, 29.03.2025.
O'qildi: 698 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик