Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Milan" futbolchisi shoshilinch operasiya tufayli "Napoli"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi

"Milan" futbolchisi shoshilinch operasiya tufayli "Napoli"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi

Baho:
+ | -

"Milan" yarim himoyachisi Ruben Loftus-CHik o‘simtasini olib tashlash uchun shoshilinch operasiya qilish uchun shifoxonaga olib ketildi, deb xabar beradi Football Italia nashri. Shu sababli futbolchi bugun, 30 mart kuni bo‘lib o‘tadigan "Napoli" bilan A Seriya 30-tur uchrashuvini o‘tkazib yuboradi. Ma’lumotga ko‘ra, kechasi Neapoldagi mehmonxonada futbolchi qornida qattiq og‘riq his qilgan. Shifokorlar uni mahalliy shifoxonaga jo‘natishdi, u yerda tahlillar o‘tkir appendisitni va shoshilinch jarrohlik zarurligini tasdiqladi.

Eslatib o‘tamiz, Loftus-CHik 2023 yilning yozida "Chelsi"dan "Milan"ga ko‘chib o‘tgandi. Yarim himoyachi "rossonerlar" bilan 4 yillik shartnoma imzolagandi. "Milan" klubi 29 yoshli futbolchi uchun 25 million yevro to‘lagan. Joriy mavsumda angliyalik futbolchi 22 ta uchrashuvda qatnashib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 23:12, 30.03.2025.
O'qildi: 998 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик