Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon 0-0 Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv 0-0 Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro 1-1 Xorazm
11/03 22:45 Bayer 1-1 Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

Vitaliy Denisov BAAga qarshi o‘yin haqida: “Har qanday holatda ham g‘alaba uchun o‘ynash kerak”

Vitaliy Denisov BAAga qarshi o‘yin haqida: “Har qanday holatda ham g‘alaba uchun o‘ynash kerak”

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston terma jamoasi sobiq himoyachisi Vitaliy Denisov milliy jamoaning 2026 yilgi Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.

Himoyachi “Championat.com” nashriga bergan intervyusida Temur Kapadze boshchiligidagi jamoa uchun muhim bahslar boshlanganini hamda BAAga qarshi bellashuvda faqat g‘alaba uchun harakat qilishi kerakligini aytdi.

Hozircha natijalarga ortiqcha e’tibor qaratmaslik kerak. Ish tugadimi? Yo‘q. O‘zbekiston terma jamoasi oldinda turgan hal qiluvchi o‘yinda o‘z kuchini namoyish etishi lozim. Ayniqsa, safarda BAAga qarshi uchrashuvda jamoa kuchli ekanini isbotlash uchun katta imkoniyat bor. Hech qanday holatda durangga o‘ynamaslik kerak – faqat g‘alaba uchun kurashish zarur. Jahon chempionatiga chiqish va orzularni ro‘yobga chiqarish vaqti keldi. Jahon chempionatiga chiqish – butun O‘zbekiston futbolining orzusi. Yillar davomida biz bu yo‘llanma uchun kurashib kelmoqdamiz, hozir esa juda yaxshi imkoniyat bor, dedi Denisov Championat nashri bilan suhbatda.

O‘zbekiston milliy jamoasi ayni damda Jahon chempionati–2026 saralash bosqichi A guruhida 17 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Jamoa BAA terma jamoasidan to‘rt ochko oldinda. Jahon chempionatiga yo‘llanmani kafolatlash uchun O‘zbekiston kamida bitta ochko zarur. Hal qiluvchi uchrashuvlar 5 iyun kuni safarda BAAga, 10 iyun kuni esa Toshkentda Qatarga qarshi o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun, Vitaliy Denisov hozirda Rossiyaning “SKA Rostov” media jamoasi sharafini himoya qiladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:45, 31.03.2025.
O'qildi: 1185 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.