Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/08 00:30 Selta 0-2 Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche 0-4 Roma
31/08 22:30 Osasuna 1-0 Xetafe
31/08 23:45 Atalanta 1-0 Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa 0-1 Arsenal
01/09 00:30 Barselona 5-2 Rayo Valyekano

"Torino" darvozaboniga APL grandlari qiziqish bildirmoqda

"Torino" darvozaboniga APL grandlari qiziqish bildirmoqda

Baho:
+ | -

"Torino" darvozaboni Vanya Milinkovich-Savich so‘nggi yillarda A Seriyaning eng yaxshi darvozabonlaridan biri sifatida o‘zini ko‘rsatdi.

Tuttosport xabariga ko‘ra, 28 yoshli serbni "Chelsi" diqqat bilan kuzatib bormoqda. Enso Mareskaning asosiy darvozabon tanlashda muammolari bor: yosh Filip Yorgenson o‘z o‘yinlari bilan ishontira olmadi, tajribaliroq futbolchi Robert Sanches esa bu mavsumda bir qator xatolarga yo‘l qo‘ydi.

Milinkovich-Savich o‘zining oyoqlari bilan o‘ynashi va penaltini qaytarishi bilan italiyalik murabbiyning e’tiborini tortdi. "Chelsi" "Torino" bilan shartnomasi 2026 yilgacha (bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan) amal qiladigan serb bilan muzokaralarda qiynalmaydi. 20 million yevrolik badal puli londonliklar uchun muammo bo‘lmaydi.

Ammo "Chelsi" yagona da’vogar emas. "Manchester Siti" ham shartnomasi 2026 yilda yakunlanadigan Edersonning beqarorligi tufayli vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Kiritildi: 12:44, 01.04.2025.
O'qildi: 619 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик