Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/02 00:45 Bolonya 1-0 Udineze
24/02 01:00 Everton 0-1 Man. Yunayted
24/02 01:00 Alaves 2-2 Jirona
24/02 22:45 Atletiko 4-1 Bryugge
25/02 01:00 Inter - Bude-Glimt
25/02 01:00 Bayer - Olimpiakos
25/02 01:00 Nyukasl - Qorabog‘

FIDE reytingi. Nodirbek Abdusattorov o‘z o‘rnida, Shamsiddin Vohidov va Javohir Sindorov pastladi

FIDE reytingi. Nodirbek Abdusattorov o‘z o‘rnida, Shamsiddin Vohidov va Javohir Sindorov pastladi

Baho:
+ | -

Jahon shaxmat federasiyasi mart oyi yakunlangach, o‘z reytingini yangiladi. Ushbu yangilangan jahon reytingida kuchli 100 likdan 5 nafar o‘zbekistonlik grossmeyster o‘rin oldi.

Yangilangan reytingda Nodirbek Abdusattorovning ochkolari hamda reytingdagi o‘rni o‘zgarishsiz qoldi (6-o‘rin. 2773 ochko).



Javohir Sindorov bir pog‘ona pastlab, 30-o‘rindan joy oldi. Sindorovning reyting ochkolarda o‘tgan oyga nisbatan 1 ballga kamayib, 2706 tani tashkil qilmoqda.

Eng kuchli shaxmatchilar reytingidan Rustam Qosimjonov (2678) ham o‘rin olgan. Tajribali shaxmatchi 46-o‘rindan joy olgan va avvalgi reytinga nisbatan 3 pog‘ona ko‘tarilgan.


 
Avvalgi oyda 51-o‘rinda qayd etilgangan Shamsiddin Vohidov 30 pog‘ona pastlab, 81-o‘ringa tushib ketdi. Uning oldingi oydagi ochkolari soni 2670 tani tashkil qilayotgan edi, ammo yangilangan reytingda Vohidov hisobidagi ochkolar soni 2648 ballga kamaydi. Nodirbek Yakubboyev (2665) mart oyi yakunlariga ko‘ra reytingda ko‘tarilishga erishdi. U o‘tgan oy 71-o‘ringa tushib ketgan edi, ammo yangilangan FIDE reytingida 61-o‘ringa ko‘tarilib, O‘zbekistonning eng kuchli 4-shaxmatchisiga aylanib oldi.



Yoshlar o‘rtasidagi reytingda Javohir Sindorov kuchli uchlikdan qoldi — 2706. Ammo yosh shaxmatchi ushbu oyda 1,3 ochko yo‘qotgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:44, 01.04.2025.
O'qildi: 1385 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.