Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche 0-3 Atalanta
06/04 21:00 Yuventus 2-0 Jenoa
06/04 23:45 Napoli 1-0 Milan
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv - Xorazm
07/04 18:00 Mash’al - Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon - Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid - Bavariya
07/04 23:59 Sporting - Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul

“Abduqodir Husanov sabab Markaziy Osiyo futbolchilariga qiziqish ortdi” — futbol skauti

“Abduqodir Husanov sabab Markaziy Osiyo futbolchilariga qiziqish ortdi” — futbol skauti

Baho:
+-1 | -

Taniqli futbol skauti Jank Chetin Manchester Evening News nashriga bergan intervyusida O‘zbekiston terma jamoasi va “Manchester Siti” klubi himoyachisi Abduqodir Husanovning o‘yinlarini yuqori baholadi.

U 2023 yilda Argentinada bo‘lib o‘tgan U-20 Jahon chempionatida futbolchi yuqori darajada o‘ynagani haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

"U turnirda o‘tkazgan to‘rt o‘yinda ham havodagi kurashlarda raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. U jismoniy kuchidan tashqari, juda tezkor va harakatchan futbolchi hisoblanadi".

Chetin Husanovning Isroilga qarshi 1/8 final uchrashuvidagi o‘yinini ham alohida ta’kidladi:

"Husanov Isroilga qarshi bahsda o‘yinni o‘qish, to‘g‘ri joylashish, to‘pni olib qo‘yish va birga bir vaziyatlarda himoyalanish bo‘yicha yuqori darajada ekanini ko‘rsatdi. U Anan Halili va Taya Abeda kabi jismonan va texnik jihatdan kuchli hujumchilarga qarshi muvaffaqiyatli harakat qildi".

Skaut Abduqodir Husanovning kelajagi haqida gapirar ekan, uning Pep Gvardiola qo‘l ostida yanada yuqori darajali futbolchiga aylanishi mumkinligini ta’kidladi:

"U vaqt o‘tishi bilan til bilan bog‘liq muammoni yengib o‘tadi va “Manchester Siti” tarkibidagi eng muhim futbolchiga aylanadi".

Shuningdek, Jank Chetin Markaziy Osiyo futbolining tez rivojlanayotganini ta’kidlab, bu hududni futbol bozoridagi yangi raqobatdosh hudud deb atadi. Uning fikricha, Abduqodir Husanov kabi futbolchilar tufayli ushbu qiziqish keskin oshib bormoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:09, 01.04.2025.
O'qildi: 6083 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик