Mikel Merino "Arsenal" safidagi so‘nggi 8 o‘yinda 5 ta gol urgan.
Bugun ispaniyalik futbolchi APL 30-turidan o‘rin olgan "Fulxem"ga (2:1) qarshi o‘yinda hisobni ochdi.
Merino Kay Xaversning jarohatidan so‘ng markaziy hujumchi sifatida maydonga tusha boshladi. Bu davrda sakkizta o‘yinda u beshta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.