Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Yuventus" "Real Madrid" himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

"Yuventus" "Real Madrid" himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

Baho:
+ | -

Madridning "Real" klubi chap qanot himoyachisi Fran Garsiya "Yuventus"ni qiziqtirib qoldi. Turinliklar 25 yoshli futbolchini yaqinlashib kelayotgan transferlar davrida o‘z safiga qo‘shib olish haqida o‘ylamoqda. Tuttosport xabariga ko‘ra, "qaymoqranglilar" ispaniyalik futbolchi uchun taxminan 20 mln yevro so‘raydi. Rasmiy muzokaralar hali olib borilmayapti.

Fran Garsiya joriy mavsum Karlo Anchelotti jamoasi safida 36 ta o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining "qirollik klubi" bilan shartnomasi 2027 yilning yarmigacha mo‘ljallangan bo‘lib, uning transfer narxi Transfermarkt talqiniga ko‘ra 15 mln yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 08:43, 03.04.2025.
O'qildi: 994 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик