Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze 1-0 Roma
03/02 01:00 Sanderlend 3-0 Byornli
03/02 01:00 Malyorka 4-1 Sevilya
03/02 11:00 Eron 7-4 O‘zbekiston
03/02 13:00 Iroq - Tailand
03/02 15:00 Yaponiya - Afg‘oniston
03/02 17:00 Indoneziya - Vyetnam
04/02 00:45 Bolonya - Milan

"Barselona" o‘z himoyachisi bo‘yicha Premyer-ligadan tushgan taklifni rad etdi

"Barselona" o‘z himoyachisi bo‘yicha Premyer-ligadan tushgan taklifni rad etdi

Baho:
+1 | -

Fichajes xabariga ko‘ra, "Barselona" chap qanot himoyachisi Alexandro Balde uchun "Manchester Yunayted"ning 50 million yevrolik taklifini rad etgan. Himoyaning chap qanotiga ishonchli mustahkamlovchi izlayotgan ingliz klubi yosh futbolchisi bilan shartnoma imzolashga urindi, ammo rad javobini oldi.

Futbolchi beqarorlik va jiddiy jarohatlar bilan kechgan o‘tgan mavsumdan so‘ng o‘zining eng yaxshi holatiga qaytdi. Xansi Flik qo‘l ostida u yana o‘zining tezligi, hujumdagi salohiyati va himoyadagi muvaffaqiyatini namoyish etib, jamoaning asosiy figurasiga aylandi.

Joriy mavsumda 21 yoshli Balde “Barselona” safida barcha turnirlarda 40 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 13:45, 03.04.2025.
O'qildi: 2053 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.