Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted

Aguero Krishtianu Ronaldudan kuchliroq 4 futbolchi nomini aytdi

Aguero Krishtianu Ronaldudan kuchliroq 4 futbolchi nomini aytdi

Baho:
+2 | -

“Manchester Siti” afsonasi Serxio Aguero portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduni tarixdagi eng buyuk futbolchilardan biri sifatida tan olsa-da, undan ustunroq deb hisoblagan to‘rt nafar futbolchi nomini aytdi.

Aguero uchun dunyoning eng yaxshi futbolchisi – Lionel Messi. U Messi va Diyego Maradonani taqqoslashdan qochib, ikkisini ham o‘z davrining eng yaxshisi deb hisoblash kerakligini ta’kidlagan.

"Men hech qachon bunday taqqoslashlarni yoqtirmaganman. Biz, argentinaliklar, Diyegoni ham, Leoni ham tarixdagi eng yaxshi futbolchilar sifatida tan olishimiz kerak", deydi Aguero.

Bundan tashqari, argentinalik sobiq hujumchi braziliyalik Ronaldo Nazarioni o‘zining karyerasiga katta ta’sir ko‘rsatgan futbolchi deb atagan.

Shu tariqa, Aguero o‘zining kuchli to‘rtligiga Messi, Maradona, Ronaldo Nazario va Ronaldinyoni kiritgan. U Krishtianu Ronalduni bu ro‘yxatga qo‘shmagan.

Kiritildi: 13:56, 03.04.2025.
O'qildi: 1363 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.