UEFA prezidenti nima uchun futbol siyosatdan yaxshiroq ekanini tushuntirdi.
“Evropa futboli bo‘linib borayotgan dunyoda birdamlik namunasi bo‘lib qolishi kerak va u birdamlikda davom etadi.
Futbol sportdan ko‘proq narsadir. Bu ham jamiyatning, ham uning modelining aksidir. Futbol - bu chegaradan oshib ketadigan, jamoalarni birlashtiradigan va orzularni ilhomlantiradigan universal til.
Yevro-2024 siyosat devor qurgan joyda futbol ko‘prik qurishini eslatdi. Zero, Yevropa futbolining mohiyati bo‘linish emas, balki hamjihatlik, insoniyligimizning kuchli aksidir", — dedi Aleksandr Cheferin UEFA Kongressida.