Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi 3-0 Andijon
10/03 19:45 Mash’al 0-2 Qizilqum
10/03 20:30 Paxtakor 0-2 Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy 1-0 Liverpul
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt - Sporting
12/03 01:00 PSJ - Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid - Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

Ulug‘bek Baqoyev: «Vaziyatlardan foydalana olmaganimiz tufayli pand yedik»

Ulug‘bek Baqoyev: «Vaziyatlardan foydalana olmaganimiz tufayli pand yedik»

Baho:
+ | -

«Bunyodkor»ga qarshi uchrashuvdan so‘ng «Buxoro» ustozi Ulug‘bek Baqoyev matbuot anjumanida quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.

"Birinchi bo‘limda tengma-teng o‘yin bo‘ldi. Tanaffusgacha yaxshiroq o‘ynadik deb ayta olaman, ikkita gol urishimiz ham mumkin edi. Realizasiya masalasida oqsadik. Ikkinchi bo‘limda esa «Bunyodkor» futbolchilari kutishda davom etishdi va yakunda gol urishdi. Birinchi golni rikoshetdan, keyingisini esa burchak zarbasidan so‘ng o‘tkazib yubordik. Jamoamga hech qanday e’tirozim yo‘q. Biz yaxshi o‘ynadik, ammo vaziyatlardan foydalana olmaganimiz tufayli pand yedik. «Bunyodkor»ni g‘alaba bilan tabriklayman"

— Bugun «Buxoro» o‘z vaziyatlaridan yaxshi foydalana olmadimi yoki «Bunyodkor» yaxshi himoyalandimi? O‘yin natijasiga qaysi faktor ko‘proq ta’sir qildi deb o‘ylaysiz?
— Ikki teng jamoalar maydonda edi. Ikki jamoa ham tartibli o‘yin namoyish etdi, ammo bu futbol. Rikoshet ro‘y bergan vaziyat bizga ta’sir qildi. Bu omadsiz holat bo‘ldi, xolos. «Bunyodkor» g‘alabani ko‘proq istagan shekilli, omad ularga kulib boqdi.

— O‘tgan mavsum «Buxoro» safida Artyom Filiposyan, Vitaliy Denisov va Jasur Hasanov kabi tajribali, ammo yoshi katta futbolchilar o‘ynagandi. Joriy mavsumda esa Ravshan Xayrullayev, Javohir Ro‘ziyev kabi yosh futbolchilar asosiy tarkibdan joy olishmoqda. Joriy mavsum startidan avval jamoani yoshartirishga qaror qildingizmi?

— Men futbolchilarning yoshiga qaramayman. Kim mening talablarimga javob bersa, o‘sha futbolchi o‘ynayveradi. Yosh va pasportning ahamiyati yo‘q. Biz bilan birga bo‘lgan yigitlarga katta rahmat aytaman, ular biz bilan birga bo‘lishdi. Yosh futbolchilar esa o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishga loyiq ekanligini ko‘rsatishmoqda.

Manba: https://t.me/FKBUXORO04
Kiritildi: 23:04, 04.04.2025.
O'qildi: 1557 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.