Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Davletov: «Har ikkala jamoa ham g‘alaba qozonishni xohladi, lekin biz g‘alabaga yaqinroq edik»

Davletov: «Har ikkala jamoa ham g‘alaba qozonishni xohladi, lekin biz g‘alabaga yaqinroq edik»

Baho:
+ | -

"Surxon" bosh murabbiyi Fevzi Davletov ommaviy axborot vositalariga "Qo‘qon-1912"ga qarshi g‘alabali o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

O‘yin haqida

— Bugun tomoshabinlar jangovar va qiziqarli o‘yinni ko‘rishdi, deb o‘ylayman. Har ikkala jamoa ham g‘alaba qozonishni xohladi, lekin biz g‘alabaga yaqinroq edik va haqli ravishda yutdik, deb o‘ylayman. Barcha futbolchilarni va jamoamiz muxlislarini ushbu g‘alaba bilan tabriklamoqchiman. Jamoa murabbiylik ko‘rsatmasini bajardi, birinchi bo‘limda yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Ikkinchi bo‘limda esa kulgili gol o‘tkazib yubordik. Bu vaziyat bizni biroz chalg‘itdi. Standart holatda yaxshi harakat qila olmadik.

Shundan so‘ng yigitlar oldinga yugurishdi, ko‘proq hujum qila boshlashdi va vaziyatni to‘g‘rilashga harakat qilishdi. Biz vaziyatga to‘g‘ri munosabat bildirdik va raqibni yaxshi o‘rgandik. Hujumda qanotlar orqali samarali o‘ynadik va haqli gollarni urdik.

— Ma’lum darajada bu siz uchun qiyin g‘alaba bo‘ldi, chunki oldingi mag‘lubiyatlardan keyin sizga katta bosim bor edi. Shunga qaramay, chin yurakdan sizni g‘alaba bilan tabriklayman. Hisob 1:0 bo‘lganida siz hujumchi va qanot futbolchilarini taktik o‘zgarish bilan almashtirdingiz. Ammo hisob tenglashgach, nima uchundir markaziy himoyachini boshqa himoyachiga almashtirdingiz?

— Nodirxon Ne’matxonov mikro jarohat oldi, shu sababli uni almashtirishga majbur bo‘ldik. Qanotlardagi o‘zgarishlarni esa o‘yinni kuchaytirish maqsadida amalga oshirdik — hujum harakatlarida tezlikni oshirmoqchi edik. Bu o‘zgarishlar reja bo‘yicha edi. Aynan shu almashtirishlar bizga vaziyatlardan unumli foydalanishga va gollar urishga yordam berdi

— Ishingizga muxlislar tomonidan tanqidlar bo‘lgan. Bugungi g‘alabadan so‘ng, sizni tanqid qilayotganlarga nima deb javob bergan bo‘lardingiz?

— Muxlislar har qanday holatda ham, hatto og‘ir vaziyatlarda ham jamoaga ishonishlari kerak. Jamoaga kelsak, bizda bo‘lgan xatolar ustida ishlayapmiz va ularni tuzatishga harakat qilayapmiz

— Nega bugun Jahongir Abdusalomov maydonda bo‘lmadi?
— Abdusalomov kasal bo‘ldi. O‘tgan o‘yinda, "Bunyodkor"ga qarshi bahsda ham o‘zini unchalik yaxshi his qilmagan edi. O‘sha paytda uni maydonga tushirmaslik kerak deb hisoblayman. Lekin u o‘zi o‘ynashga tayyorligini bildirgandi va maydonga chiqdi. Shuningdek, Dmitriy Pletnyovda ham jarohat bor, ammo biz keyingi o‘yinga qadar u tayyor bo‘ladi deb o‘ylaymiz.

Manba: https://t.me/FCSURXON_OFFICIAL
Kiritildi: 06:00, 05.04.2025.
O'qildi: 459 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.