"Barselona" markaziy himoyachisi Andreas Kristensen maydonga qaytishga tayyor.
Daniyalik futbolchi bugun bo‘lib o‘tadigan "Betis"ga qarshi o‘yindan oldin klub shifokorlaridan maydonga tushish uchun ruxsatnoma oldi.
U joriy mavsumda bor-yo‘g‘i 1 ta o‘yinda zaxiradan maydonga tushdi.













