"Liverpul" "Fulxem" bilan o‘yinning 1-bo‘limida 3 ta gol o‘tkazib yubordi.
Uchrashuvning 14-daqiqasida "Liverpul" futbolchisi Aleksis Mak Allister hisobni ochdi.
Ammo keyinroq "Fulxem" 14 daqiqa ichida uchta gol urdi: Rayan Sessenyon 23-daqiqada muvozanatni tikladi. Aleks Ivobi 32-daqiqada "Fulxem"ni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, Rodrigo Muniz 37-daqiqada Ivobi uzatmasini golga aylantirdi.
"Liverpul" darvozasini bu o‘yinda Kuivin Kellexer qo‘riqlamoqda.