Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol

Osiyo kubogi U-17. O‘zbekiston Xitoy ustidan irodali g‘alabaga erishdi. JCH masalasi bugunoq hal bo‘lishi mumkin

Osiyo kubogi U-17. O‘zbekiston Xitoy ustidan irodali g‘alabaga erishdi. JCH masalasi bugunoq hal bo‘lishi mumkin

Baho:
+ | -

Futbol bo‘yicha 17 yoshlilar o‘rtasida Osiyo Kubogi doirasidagi 2-tur uchrashuvlari 6 aprel, yakshanba kuni o‘tkazildi. 

Unda O‘zbekiston terma jamoasi Xitoyga qarshi bahs olib bordi. Dastlab hisob 33-daqiqada Jang Chengrui tomonidan ochildi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda Sadriddin Hasanov gol urib, tablodagi hisobni tenglashtirib qo‘ydi.

Ikkinchi taym teng kurashlar ostida boshlandi. Ammo 86-daqiqaga kelib, Asilbek Aliyev O‘zbekistonning navbatdagi golini kiritib, jamoaga g‘alaba taqdim etdi. 

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi ketma-ket ikki turda g‘alaba qozonib,  6 ochko qo‘lga kiritdi. Guruhning ikkinchi bahsida mezbon Saudiya Arabistoni Tailandga qarshi bahs olib bormoqda (0:1 Tailand oldinda). Agar ushbu bellashuvda mezbonlar ochko yo‘qotmasa, O‘zbekiston bugunning o‘zida JCH masalasini hal qiladi.

U-17 Osiyo chempionati

2-tur

6 aprel, yakshanba

Xitoy — O‘zbekiston 1:2

Gollar: 1:0 — Jang Chengrui (33), 1:1 — Sadriddin Hasanov (45+1), 1:2 — Asilbek Aliyev (86)

Kiritildi: 22:43, 06.04.2025.
O'qildi: 3165 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик