Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya 0-2 Roma
25/04 21:30 Arsenal 1-0 Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya 2-1 Jirona
25/04 23:45 Verona 0-0 Lechche
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

Islom Ismoilov: «Keyingi o‘yinda ham g‘alaba uchun maydonga tushamiz. Kuch tejash niyatimiz yo‘q»

Islom Ismoilov: «Keyingi o‘yinda ham g‘alaba uchun maydonga tushamiz. Kuch tejash niyatimiz yo‘q»

Baho:
+1 | -

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi Islom Ismoilov Xitoy ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:

"Endi Saudiya Arabistoni va Tailand o‘rtasidagi o‘yin natijasini kutyapmiz. Katta ehtimol bilan keyingi bosqichga chiqdik, deb o‘ylaymiz. Xitoy biz albatta yengishimiz kerak bo‘lgan jamoalardan biri edi.

Futbolchilarga ortiqcha bosim tushmasligi uchun so‘nggi uch kun davomida ular bilan doimiy suhbatlar olib bordik. Baribir bu Jahon chempionatiga yo‘llanma beradigan turnir bo‘lgani uchun hissiyotlar kuchli bo‘ladi.

Muxlislar va rahbariyat ishonchini oqlaganimizdan xursandmiz.

Birinchi bo‘limda raqibning qarshi hujumi natijasida gol o‘tkazib yubordik. Tanaffusda yigitlarga o‘yinimiz yaxshi ketayotganini aytdik va ularning ruhiyatini ko‘tarishga harakat qildik.

Biz Xitoy terma jamoasining 60-daqiqalardan so‘ng o‘tish fazalarida muammolarga duch kelishini oldindan o‘rgangan edik. Kutilganidek, ular charchay boshladi va biz aynan shu pallada o‘z imkoniyatimizdan foydalandik. Keyingi o‘yinda ham g‘alaba uchun maydonga tushamiz. Kuch tejash niyatimiz yo‘q", — dedi Ismoilov.

Manba: https://t.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 05:00, 07.04.2025.
O'qildi: 1719 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик