Kirish Ro'yxatdan o'tish

Sanchoni sotib olishga tayyor bo‘lgan ingliz klubi nomi ma’lum bo‘ldi

Sanchoni sotib olishga tayyor bo‘lgan ingliz klubi nomi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" vingeri, ayni damda Londonning "Chelsi" klubida ijarada o‘ynayotgan Jeydon Sancho faoliyatini Angliya Premyer-ligasining boshqa klubida davom ettirishi mumkin.

Todofichajes portali sahifalarida xabar qilinishicha, 25 yoshli futbolchining xizmatlariga "Vulverxempton" qiziqish bildirmoqda.

"Bo‘rilar" rahbariyati Jeydonni sotib olish uchun 30-35 million yevro ajratishga tayyor. Sanchoning "pensionerlar" bilan ijara shartnomasi 2025 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.

Angliya chempionatining joriy mavsumida yarim himoyachi 25 ta o‘yinda maydonga tushdi. U ikkita gol urdi va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 14:38, 07.04.2025.
O'qildi: 2411 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик