Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Islom Ismoilov: «Bu natijaga erishishimizda yurtimizdagi bolalar futbolida ishlayotgan har bir murabbiyning o‘rni beqiyos»

Islom Ismoilov: «Bu natijaga erishishimizda yurtimizdagi bolalar futbolida ishlayotgan har bir murabbiyning o‘rni beqiyos»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi Islom Ismoilov tayyorgarlik va o‘tkazilgan o‘yinlar xususida fikr bildirdi.

"Birinchi navbatda yurtimizdagi barcha futbol muxlislarini Jahon chempionatiga chiqqanimiz bilan tabriklayman. Buning tagida katta mehnat yotibdi. Bu nafaqat terma jamoa murabbiylar shtabining yutug‘i hisoblanadi, balki bunda ushbu yoshdagi futbolchilarni tarbiyalashda mehnat qilayotgan O‘zbekistondagi barcha murabbiylarning xizmatlari ham juda katta. Men ularga ham o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Futbolchilarning shu holatga yetib kelishida ularning o‘rni beqiyos.

Biz kuchli bo‘lishimiz kerak, oldinga harakatlanishimiz kerak. O‘tkazilgan 2 ta o‘yinga keladigan bo‘lsak, ular oson raqiblar emasdi. Tailand ham o‘ziga yarasha yaxshi raqib. Xitoy futboli esa so‘nggi yillarda jadallik bilan rivojlanyapti. Bu yoshdagi termani yaponiyalik murabbiy boshqargani uchun jamoa o‘yinida bir qancha chizgilar ko‘zga tashlandi. Ikki bahsga ham jiddiy tayyorgarlik ko‘rdik. Ammo futbolchilarda ruhiy holat bilan bog‘liq biroz muammolar bo‘ldi. Biribir, ular hali yosh. O‘z oldilarida turgan mas’uliyatni juda yaxshi tushunib turishgan edi. Shuning evaziga uchrashuvning ayrim pallarida o‘yinimiz yaxshi qovushmagan bo‘lsa, ba’zi vaziyatlarda yaxshi harakat qildik. O‘ylaymanki, barchasi ortda qoldi. Keyingi bahslarda mashg‘ulotda ishlagan uslubimizni futbolchilar ko‘rsata boshlashadi, deb o‘ylayman", — dedi Ismoilov O‘FA matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

Manba: https://t.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 15:21, 07.04.2025.
O'qildi: 2373 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.