Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon 0-0 Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv 0-0 Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro 1-1 Xorazm
11/03 22:45 Bayer 1-1 Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

"Buxoro" — "Nasaf" o‘yiniga "Jar" stadioni mezbonlik qiladi

"Buxoro" — "Nasaf" o‘yiniga "Jar" stadioni mezbonlik qiladi

Baho:
+ | -

Buxorodagi stadionning foydalanishga topshirilishi kechikayotganidan kelib chiqib, "Buxoro" klubining uy uchrashuvlarini tashkil etishda qiyinchiliklar yuzaga kelmoqda.

Jumladan, "Buxoro" Superliga 4-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" klubiga qarshi uy uchrashuvini raqib maydonida o‘tkazishiga to‘g‘ri keldi. Mart oyida klub uy uchrashuvlari uchun "Jar" stadionini ro‘yxatdan o‘tkazgandi. Biroq keyinroq mazkur stadiondan "Olimpik Mobiuz" ham foydalanishni boshlagach, aprel oyidagi uy o‘yinlari masalasida muammolar yuzaga chiqa boshladi.

"Buxoro" "Nasaf" klubiga qarshi Superliga 6-turidan o‘rin olgan 19 aprel kungi uchrashuvni "Bunyodkor" stadionida o‘tkazishga yaqin turgandi. Biroq "Bunyodkor"ning o‘zi 18 aprel kuni shu arenada "Xorazm" bilan o‘yin o‘tkazadigan bo‘ldi. Mazkur sabab va albatta "Jar" stadionidan foydalanayotgan "Mobiuz" hamda "Paxtakor" ishtirokidagi o‘yinlar mazkur sana arafasida safarda ekanligidan kelib chiqib, "Buxor"o yana "Jar"ga qaytishga majbur bo‘lmoqda.

Kiritildi: 21:12, 07.04.2025.
O'qildi: 1313 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.