Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis

Muhammad Saloh bir shart bilan "Liverpul"dagi maoshini qisqartirishga tayyor ekanligi ma’lum bo‘ldi

Muhammad Saloh bir shart bilan "Liverpul"dagi maoshini qisqartirishga tayyor ekanligi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh klub bilan yangi shartnoma tuzishga tayyor.

Misrlik futbolchining amaldagi shartnomasi mavsum yakunlangach o‘z nihoyasiga yetadi. Tomonlar hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdor, biroq hozircha bitimning moliyaviy tafsilotlarini hal qilishmagan. Jurnalist Sasha Tavolyerining yozishicha, 32 yoshli futbolchiga uzoqroq shartnoma taklif qilinsa, maoshi biroz qisqarishiga rozi bo‘ladi. Hujumchi yaqin kelajakda ketishni rejalashtirmayapti - u Saudiya Arabistonidan keladigan katta takliflarni ham rad etishi kutilmoqda.

Muhammad Saloh 2017 yildan buyon "Liverpul" sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda u Arne Slot jamoasi safida 45 ta jangda 32 ta gol va 22 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 09:38, 08.04.2025.
O'qildi: 4138 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик