Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor

Anchelottining "Real"dagi kelajagi bo‘yicha ma’lumotlar paydo bo‘ldi

Anchelottining "Real"dagi kelajagi bo‘yicha ma’lumotlar paydo bo‘ldi

Baho:
+ | -

"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yozda klubni tark etishi mumkin, deb xabar beradi Defensa Central.

Italiyalik murabbiyning "blankos" bilan 2026 yilning yozigacha mo‘ljallangan shartnomasi bor, ammo Karlo Chempionlar Ligasi chorak finalida "Arsenal"dan o‘ta olmasa, yozdayoq madridliklar bilan munosabatlari uzilishi mumkin.

Manbaga ko‘ra, "blankos" ECHLda muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, Anchelotti Braziliya terma jamoasi bilan shartnoma imzolaydi, "Real"ni esa katta ehtimol bilan Xabi Alonso boshqaradi. Ammo voqealar rivoji shunday davom etar ekan, Karlo baribir klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida "Real" bosh murabbiyi bo‘lib qoladi va shundan keyingina klubni tark etadi.

Avvalroq, Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Dorival Junior iste’foga chiqarilgan edi. OAV xabarlariga ko‘ra, aynan Anchelotti uning o‘rnini egallash uchun asosiy nomzodlardan biri hisoblanadi.

Kiritildi: 10:04, 08.04.2025.
O'qildi: 1013 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик