Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

Paris Freestyle Chess Grand Slam Tour. Abdusattorov saralashda 5-o‘rinni egallab, chorak finalga chiqdi

Paris Freestyle Chess Grand Slam Tour. Abdusattorov saralashda 5-o‘rinni egallab, chorak finalga chiqdi

Baho:
+ | -

Fransiyaning Parij shahrida shaxmat bo‘yicha Freestyle Chess Grand Slam Tour 2025 turnirining saralash bosqichi yakuniga yetdi. Unda o‘zbekistonlik Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etmoqda. Umumiy mukofot jamg‘armasi 750 ming AQSH dollari bo‘lgan musobaqaning saralash bosqichida o‘zbekistonlik shaxmatchi munosib ishtirok etdi.

Turnirda 8 davlatdan 12 nafar dunyoning eng kuchli shaxmatchilari qatnashmoqda. Chess 960 yo‘nalishidagi xalqaro musobaqada Abdusattorov dastlabki kunda 6 ta o‘yinda ishtirok etib, ularda 5 ochko to‘plagandi. Ammo bugun o‘tkazilgan ikkinchi kun bahslarida hamyurtimiz 5 o‘yinda 1,5 ochko jamg‘ardi va yakunda 6,5 ochko bilan 5-o‘rinni egalladi.

Saralash bosqichida Yan Nepomnyashchiy (Rossiya) va Magnus Karlsen (Norvegiya) 8,5 ochko bilan peshqadam bo‘lishdi. Maksim Vashe-Lagrav (Fransiya) 7,0 ochko bilan kuchli uchlikka kirgan bo‘lsa, Arjun Erigaisi (Hindiston) 6,5 ochko bilan to‘rtinchi pog‘onani band etdi.



Ertadan boshlab musobaqaning chorak final bosqichiga start beriladi. Unda shaxmatchilar klassik vaqt nazoratida 2 tadan partiya o‘ynashadi. Agar durang qayd etilsa, blis yo‘nalishida o‘yin orqali aniqlanadi. Chorak final juftliklari birozdan so‘ng aniq bo‘ladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:22, 08.04.2025.
O'qildi: 1153 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик