Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

"Liverpul"ning bo‘shashish sababi nimada?

"Liverpul"ning bo‘shashish sababi nimada?

Baho:
+ | -

Jurnalist Qahramon Aslanov so‘nggi vaqtlarda nega "Liverpul" o‘yinida pasayish yuzaga kelganini tahlil qilib ko‘rdi.

“Liverpul”da oxirgi 4 o‘yinda uch mag‘lubiyat bor. Ungacha 49 o‘yinda 4 mag‘lubiyat edi xolos. So‘nggi paytlarda jamoa o‘ziga o‘xshamayotgandek, go‘yoki o‘sha futbolchilar, o‘sha tarkib, ammo individual tomondan ham har bir futbolchida pasayish ko‘rish mumkin – masalan, Muhammad Salohda mana shu 4 o‘yinda birorta gol ham, assist ham yo‘q.

Bu holatni, agar siz ham eslasangiz, 2012/13 mavsumdagi “Manchester Yunayted”ga qiyoslash mumkin. O‘shanda “MYU” APLda raqobatchilaridan 15 ochkoga o‘zib ketgan, hamma YECHL nimchorak finalida “Real”ga qarshi o‘yinni kutardi. O‘sha to‘qnashuvda “MYU” imkoniyatni boy berdi va turnirdan chiqib ketdi. Uyog‘iga go‘yoki mavsum tugagan, motivasiya qolmagan, faqat chempionatni tugatib qo‘yish, shundog‘am naqd bo‘lib, muxlislar ko‘nikib bo‘lgan sovrinni olish qolgandi xolos. Angliya kubogidan ham “Chelsi”dan yutqazib chiqib ketishdi, chempionatda ham bir qator o‘yinlarni, jumladan, Manchester derbisini ham boy berishdi. Trebl orzusida turgan jamoa uchun “Real”dan mag‘lubiyat og‘riqli bo‘lgan, jamoa tonusini, tirgagini yo‘qotib qo‘ygandi.

“Liverpul”da ham aynan shunday bo‘ldi deb o‘ylayman. Qiziq, o‘ttiz yil kutilgan avvalgi chempionlikka kovid soya solgandi. Bu safar go‘yoki jamoa ajoyib mavsum o‘tkazib, APL sovrinlari bo‘yicha “MYU”ga yetib olishdek katta voqea bo‘lyapti-yu, ammo negativ muhit hukmron – futbolchilar tanqid ostida, Trent ketyapti, Virjil va Saloh bo‘yicha shartnomalar ham muallaq turibdi, Slot ham mavsum boshidagi sehrini yo‘qotib qo‘ygandek. Hammasi aslida APLda kurash qizimagani bilan bog‘liq, ya’ni raqobatchilarning bo‘lishi ham foydali ekan...

Manba: https://t.me/aslanov_futbol
Kiritildi: 16:28, 09.04.2025.
O'qildi: 1267 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.