"Barselona"ning sobiq bosh murabbiyi, hozirda Niderlandiya terma jamoasida ishlayotgan Ronald Kuman Xans-Diter Flik jamoasidagi hozirgi holat haqida gapirdi.
"Men hali ham "Barselona" o‘yinlarini tomosha qilishni yaxshi ko‘raman, chunki bu mening uyim. Jamoadagi yaxshi muhitdan foydalanib, muhim sovrinlarni qo‘lga kiritish vaqti keldi," - deya Kumanning so‘zlarini keltiradi ispan OAV.
Shanba kuni "Barselona" safarda "Leganes"ga qarshi bahs olib boradi.













