Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi 3-0 Andijon
10/03 19:45 Mash’al 0-2 Qizilqum
10/03 20:30 Paxtakor 0-2 Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy - Liverpul
11/03 01:00 Atalanta - Bavariya
11/03 01:00 Atletiko - Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl - Barselona
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal

Superliga. "Mash’al"-"Neftchi". Prevyu

Superliga. "Mash’al"-"Neftchi". Prevyu

Baho:
+ | -

Superliganing 5-tur bahslari doirasida "Neftchi" jamoasi Olmaliq shahrida Muborakning "Mash’al" klubi bilan kuch sinashadi. Oxirgi marotaba bu jamoalar bundan sakkiz yil ilgari Superliga musobaqasida uchrashgan edilar. O‘shandan beri ikkala jamoa turli ligalarda to‘p surishgani bois bir-birlari bilan bahs yuritishmagan. Uzoq tanaffusdan so‘ng bu klublar taqdir taqozosi bilan yana Superligada bellashishga hozirlik ko‘rmoqdalar.

"Mash’al" futbol klubi 1984 yilda tashkil etilgan bo‘lib, milliy chempionatimiz doirasida jamoaning qo‘lga kiritgan eng yuqori natijalari quyidagicha: 2005 yilda Oliy liganing kumush medali, 2007 yilda bronza medali sovrindori, 2006 yil O‘zbekiston kubogi final ishtirokchisi, 2014 yil O‘zPFL kubogi g‘olibi.

O‘zaro o‘yinlar statistikasiga nazar tashlasak, milliy chempionatimiz doirasida jamoalar 34 marta kuch sinashgan. Bularning 21 tasida "Neftchi", 11 tasida esa "Mash’al"ning qo‘li baland kelgan, 2 ta bahsda murosa ko‘chasi tanlangan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar nisbati 35-62 farg‘onaliklar foydasiga.

Jamoalarning Muborakda bo‘lib o‘tgan so‘nggi 5 uchrashuv natijalari quyidagicha:

19.06.2017.
"Mash’al"-"Neftchi" 2:2
23.04.2016.
"Mash’al"-"Neftchi" 1:2
26.08.2015.
"Mash’al"-"Neftchi" 2:1
12.09.2014.
"Mash’al"-"Neftchi" 1:0
22.09.2012.
"Mash’al"-"Neftchi" 2:0

Bu jamoalar o‘rtasidagi Muborakda kechgan 16ta uchrashuvning 9tasida “Mashal” zafar quchgan. “Neftchi” 7 marta “Mashal”ni mag‘lub etib qaytgan

Eslatma: "Mash’al"-"Neftchi" uchrashuvini Ibrohim Ismoilov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Bellashuv soat 18:00 da boshlanadi.

Kiritildi: 09:57, 11.04.2025.
O'qildi: 540 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.