Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

Tebasni jiddiy jazo kutib turgan bo‘lishi mumkin

Tebasni jiddiy jazo kutib turgan bo‘lishi mumkin

Baho:
+ | -4

Ispaniya sport sudi “Real Madrid”ning shikoyatidan so‘ng Xavyer Tebas ustidan ish ochdi.

AS xabariga ko‘ra, Madrid klubi Tebasni hakamlikni baholash bo‘yicha klublar o‘rtasida 2023 yil aprel oyida o‘tkazilgan so‘rovnoma maxfiyligini buzganlikda ayblab, Oliy sport kengashiga murojaat qilgan. "Real"ning shikoyatiga 3 fevral kuni yozgan tvit sabab bo‘lgan, unda La Liga prezidenti shunday yozgan: "Biz Madridda hakamlik tizimini o‘zgartirishga qarshi ovoz berdik".

Shikoyat ro‘yxatga olinganidan so‘ng, Oliy sport kengashi Sport tribunaliga mumkin bo‘lgan qoidabuzarlik bo‘yicha tergovni boshlashni buyurdi. Payshanba kuni Tebasga qarshi intizomiy ish ochildi. "Real Madrid" Tebas La Liga nizomining 19-moddasida ko‘rsatilgan shaxsiy hayot huquqini buzgan deb hisoblaydi.

Ma’lum qilinishicha, Ispaniya sport qonunchiligiga ko‘ra, Bosh assambleya qarorlari va qonun yoki reglamentda belgilangan qoidalarga rioya qilmaslik og‘ir jinoyat hisoblanadi.

Tebas ommaviy tanbeh, 2 yildan 15 yilgacha barcha sport lavozimlaridan chetlashtirilishi yoki La Liga prezidenti lavozimidan chetlatilishi, shuningdek, 3000 dan 30 000 yevrogacha jarimaga tortilishi mumkin.

Kiritildi: 11:08, 11.04.2025.
O'qildi: 742 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик