Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Shomurodov Rim derbisida asosiy tarkibda maydonga tushishi mumkin

Shomurodov Rim derbisida asosiy tarkibda maydonga tushishi mumkin

Baho:
+3 | -

A Seriyaning 31-turidagi “Yuventus”ga qarshi kechgan bahsda Shomurodov “Roma”ni mag‘lubiyatdan qutqarib qolgan golga mualliflik qildi (1:1). Shu bois o‘zbekistonlik futbolchi “Lasio”ga qarshi bahsda asosiy tarkibda maydonga tushishi kutilmoqda. Bu haqda Il Massagero nashri xabar bermoqda.

Yil boshida “Roma”ni tark etishga yaqin turgan Eldor Shomurodov jamoadagi mavqeyini mustahkamlashda davom etmoqda. “Yuventus” darvozasiga kiritilgan gol uning o‘ziga bo‘lgan ishonchini yana bir bor oshirdi. O‘zbek hujumchisi so‘nggi paytlarda zaxiradan maydonga tushib, muhim bahslarda foydali o‘yin ko‘rsatmoqda, deb xabar beriladi manbada.

Rim derbisi arafasida tajribali mutaxassis Klaudio Raneri tarkibda o‘zgarishlar qilishi kutilmoqda. Roma Press nashri xabariga ko‘ra, Shomurodov va Dovbik hujum chizig‘ida birga harakat qilishi mumkin. Shuningdek, Salemakers ham asosiy tarkibdan joy olishi aytilmoqda.

Shomurodov uchun bu bahs o‘zini isbotlash, Rimdagi obro‘sini oshirish va asosiy hujumchiga aylanish uchun navbatdagi imkoniyat bo‘lishi mumkin, deyiladi Roma Press bergan xabarda.

Ma’lumot uchun, “Lasio” — “Roma” o‘rtasidagi bahs 13 aprel kuni Toshkent vaqti bilan 23:45 da boshlanadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 13:35, 11.04.2025.
O'qildi: 1295 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.