Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK

Ispaniya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi "Real"ning kamchiligini aytdi

Ispaniya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi "Real"ning kamchiligini aytdi

Baho:
+ | -

Xavyer Klemente "Real Madrid" hujumchilari himoyada o‘ynashga o‘rgatilmaganligini aytdi.

Madridliklar Chempionlar ligasi chorak finalining ilk uchrashuvida Londonda “Arsenal”dan yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi (0:3). Javob o‘yini 16 aprel kuni Ispaniyada bo‘lib o‘tadi.

"Madridliklar jamoa sifatida himoyalanishni kech boshlaydi. Hujumkor o‘yinchilar pastga tushmasa, yarim himoyachilar qiynaladi va oxir-oqibat butun guruh parchalanadi.

Vinisius, Mbappe va Rodrigo bunga tayyorlanmagani ko‘rinib turibdi, bu sezilarli. Agar ular himoyalanmasalar, hech qanday tizim ishlamaydi.

Hujumchilar himoyada yordam bermasa, yarim himoyachilar juda zaif bo‘lib qolishadi va agar yarim himoyachilar zaif bo‘lsa, himoyachilar ham qiynaladi.

Ammo Madridda o‘yin oldidan ichki ishonch borki, hatto vaziyat og‘ir bo‘lsa ham, ular har doim biror narsaga erisha oladilar", dedi "Atletik", "Atletiko" va Ispaniya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Klemente.

Kiritildi: 20:25, 11.04.2025.
O'qildi: 1157 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.