Kirish Ro'yxatdan o'tish

Bu safar "Atalanta" xo‘jayinlari ham yordam berolmaydi

Bu safar "Atalanta" xo‘jayinlari ham yordam berolmaydi

Baho:
+ | -

"Atalanta" hujumchisi Ademola Lukman 2025 yilning yozida jamoani tark etadi, deb xabar beradi Calciomercato.com.

27 yoshli nigeriyalik o‘tgan yozda ketmoqchi bo‘lgan, biroq xo‘jayinlar uni qolishga ko‘ndirgan.

Futbolchi va klub o‘rtasidagi munosabatlarning hal qiluvchi nuqtasi o‘z uyida "Bryugge"dan uchralgan mag‘lubiyat bo‘ldi, o‘shanda Lukman penaltini aniq amalga oshira olmadi, bosh murabbiy Jan Pyero Gasperini esa futbolchini omma oldida tanqid qildi.

Hozirda "Yuventus" Ademolaning atrofidagilar bilan ilk aloqalarni boshladi, ammo "Atalanta" 60 mln yevrodan kam bo‘lgan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor emas. Lukmanga "Yuve"dan tashqari Angliyaning ba’zi klublari va "Napoli" ham qiziqish bildirmoqda.

Bu mavsumda Lukman klub miqyosida 34 ta o‘yinda 18 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 08:50, 12.04.2025.
O'qildi: 795 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик