"Barselona" futbolchisi Erik Garsiya La Liga doirasidagi "Leganes"ga (1:0) qarshi o‘yindan so‘ng intervyu berdi.
"Bunday g‘alabalar sovrinlarni olib keladi. Eng muhimi - uch ochkoni qo‘lga kiritdik. Murabbiy "Leganes" bu mavsumda ham kuchli raqiblarga muammo tug‘dirayotganidan ogohlantirgandi. G‘alabamiz "Real"ga qo‘shimcha bosim o‘tkazadi," - deya Garsiyaning intervyusidan iqtibos keltiradi "Gazeta.Ru" Ispaniya OAVlariga tayanib.













