Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-1 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Ilyos Zeytullayev: «O‘yin ritmi juda ko‘p buzildi»

Ilyos Zeytullayev: «O‘yin ritmi juda ko‘p buzildi»

Baho:
+ | -

Superliganing 5-turidan o‘rin olgan «Bunyodkor» – «Qizilqum» (0:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar ustozi Ilyos Zeytullayev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

-  Barchaga xayrli kech! O‘yinni ko‘rdinglar, menda yigitlarga minnatdorchilik uchun so‘z yo‘q, chunki ketma-ket ikkinchi uchrashuvni ham 10 kishi bo‘lib yakunlayapmiz. Bugun g‘alaba qozonishni astoydil xohlagandik, sababi o‘z uyimizda, muxlislarimiz ko‘z o‘ngida to‘p surdik. Yigitlar juda yaxshi o‘yin namoyish qilishdi. Barcha imkoniyatimizni ishga solib gol urishni istagandik, ammo ritmni «buzib» turishsa, bu oson emas. Fikrimcha, bugun toza futbol vaqti bir bo‘limdan biroz ko‘proq bo‘ldi. Buni aytish to‘g‘rimi-noto‘g‘rimi bilmadim, raqib bugun o‘zi xohlaganiga erishdi, o‘yin ritmini «buza» oldi. Shu sababli juda ko‘p vaqtni yo‘qotdik. Menimcha bunga e’tibor qaratish kerak. Turkiyadagi yig‘inimizda bizga bu kabi holatlarga chora ko‘rilishini haqida aytishgan edi. O‘ylashimcha, bu sizlar ham muhokama qiladigan mavzu. Umumiy ma’noda esa, bugun jamoamning o‘yinidan qoniqdim. Shunchaki g‘alaba qozona olmadik.

Chuqur himoyalanadigan raqiblarga qarshi uchrashuvlarda nafaqat biz, balki boshqa jamoalar ham qiyinchilikka duch keladi. Agar biz birinchi bo‘limda gol ura olganimizda umuman boshqa tarix bo‘lar, raqib ko‘proq «ochilardi». Futbolda shunday bahslar bo‘ladiki, senga nimanidir o‘rgatadi. Bunday bellashuvlardan nimalardir olsa bo‘ladi. Yigitlarga rahmat, ular uchrashuvga professional tarzda yondoshdi, chunki yutqazib qo‘yish ham mumkin. Hech qayerda o‘yinni yutasan deb yozib qo‘yilmagan.

Urata juda yaxshi saviyadagi futbolchi. Biroq so‘nggi ikki bellashuvda Itsukining o‘rnida harakat qilgan akademiyamiz tarbiyalanuvchisi Narimon Ahmadjonov ajoyib o‘yin namoyish qildi. Mehnat qilishdan to‘xtamasa uni yorqin kelajak kutib turibdi, faqat aytganimdek, hammasiga jiddiy yondoshishi kerak. Hayotda shunday imkoniyatlar bo‘ladi, undan foydalanish shart. Narimon ikkinchi uchrashuvda ham o‘z imkoniyatidan to‘liq foydalandi. Uratani tezroq safimizga qaytishini tilakdoshimiz!

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 06:25, 13.04.2025.
O'qildi: 889 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик