Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Shahram G‘iyosov g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? (video)

Shahram G‘iyosov g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? (video)

Baho:
+2 | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Professional boksdagi vakilimiz Shahram G‘iyosov argentinalik Franko Okamponi to‘rtinchi raundda texnik nokautga uchratdi. Hamyurtimiz endi IBF va WBA versiyalari bo‘yicha yarim o‘rta vazn toifasidagi Jaron Ennis va Eymantas Stanionis o‘rtasidagi chempionlik jangi g‘olibi bilan to‘qnash kelish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

WBA kamarining majburiy da’vogari bo‘lgan G‘iyosov, mart oyi oxirida yosh qizi vafot etganiga qaramay, jang qilishga qaror qildi.

Jangacha Okampo belgilangan vazndan uch funt og‘ir kelgani bois, uni yengish yanada qiyinlashdi. Biroq G‘iyosov jang davomida ustunlikni qo‘lga kiritib, to‘rtinchi raundning 1-daqiqa 57-soniyasida raqibni to‘xtatishga erishdi. Jang Atlantic City’dagi Boardwalk Hall arenasida bo‘lib o‘tdi.

Birinchi raund oxirida G‘iyosov o‘ng qo‘l bilan boshga, keyin esa chap va o‘ng zarbalar bilan badanga zarba berdi. Ular chap qo‘l zarbalari bilan almashishdi va bu Okamponi qiyin ahvolga soldi. Shu paytda G‘iyosov o‘ng qo‘li bilan uni birinchi marta yerga yiqitdi.

31 yoshli G‘iyosov ikkinchi va uchinchi raundlarda ham ustunlikni saqlab qoldi. U boshga ham, badanga ham aniq zarbalar yo‘lladi va ba’zan "jeb" zarbalari bilan Okamponing boshiga zarba berdi.

To‘rtinchi raund boshidanoq u agressiv harakatlarni davom ettirdi, lekin sabrni ham yo‘qotmadi. Uning badanga yo‘llagan o‘ng qo‘l zarbasi natijasida Okampo yana yerga yiqildi va jangni davom ettirish niyati yo‘qligini harakatlaridan anglash mumkin edi. Shuning uchun uning burchagidagilar hakam Devid Franchioziga jangni to‘xtatishni aytdi.

“Men uchun juda-juda og‘ir,” – dedi G‘iyosov. “Bu yig‘in juda qiyin bo‘ldi, chunki qizimni yo‘qotdim. U meni ko‘ryapti. U hozir meni kuzatyapti. U men uchun duo qilyapti. Men unga va’da bergandim... Men uni sevaman.”

Shu so‘zlardan keyin zalda to‘plangan muxlislar uni olqishlab yuborishdi va bu hol G‘iyosovni ko‘z yosh to‘kishga majbur qildi.

“Bu jang qizim uchun,” – dedi u his-tuyg‘ularga to‘lib. “Keyingi jang – men qizimga jahon chempioni bo‘lishimni va’da qilganman. U menga ishongan. Men bunga ishonaman. Menga imkoniyat bering, men uddalayman”.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 06:57, 13.04.2025.
O'qildi: 2534 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик