Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi 3-0 Andijon
10/03 19:45 Mash’al 0-2 Qizilqum
10/03 20:30 Paxtakor 0-2 Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy - Liverpul
11/03 01:00 Atalanta - Bavariya
11/03 01:00 Atletiko - Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl - Barselona
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal

Bahrom Haydarov: «4 ta turdan buyon davom etayotgan g‘alabasiz ceriya bosimidan o‘tib oldik»

Bahrom Haydarov: «4 ta turdan buyon davom etayotgan g‘alabasiz ceriya bosimidan o‘tib oldik»

Baho:
+ | -

Superliganing 5-turidan o‘rin olgan «Qo‘qon-1912» — «Buxoro» (1:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Bahrom Haydarov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘yin haqida

— Birinchi g‘alaba bilan jamoamiz muxlislari va klubimiz rahbariyatini tabriklayman. Ancha yoqimli hissiyot, g‘alabalarimiz bardavom bo‘lsin. Birinchi bo‘limni yaxshi o‘tkazdik. Mashg‘ulotlardagi tayyorgarlik ishlanmalarimiz ishladi. 4 ta turdan beri davom etayotgan g‘alabasiz seriya bosimidan o‘tib oldik. Ikkinchi bo‘limda ozroq xotirjamlikka berildik. Jarohatlar rejalarga ta’sir ko‘rsatdi. Xatolarni ko‘rib chiqib, xulosa chiqaramiz.

— Keyingi o‘yinlar haqida fikringiz? O‘zbekiston kubogidagi maqsadlar qanday?

— Bizda chempionat yoki kubok uchrashuvi ajratilmaydi. Har ikki turnir biz uchun muhim. Raqibga qarab yoshlarga ham imkoniyat beramiz. Kubokdagi birinchi vazifamiz bu — guruhdan chiqish.

— Qizil kartochka olgan futbolchilar nechta turga chetlatilgani haqida oydinlik kiritildimi?

— Biz ham kutayapmiz. G‘ofurov ham, Hasanov ham asosiy tarkibda raqobat yarata oladigan futbolchilar. Keyingi turdan ko‘rib chiqilsa kerak. Rejalarni shunga qarab tuzamiz.

— O‘rinbosarlar tarkibida Jasur Ahmadjonov 7 ta gol urdi. Uni asosiy tarkibga jalb etish rejasi bormi?

— Albatta, biz uni kuzatib borayapmiz. Bugungi o‘yin qaydnomasiga ham kiritmoqchi edik. Jasur asosiy tarkib bilan mashg‘ulotlarni ham olib bordi. Yoshlar tarkibimizdan futbolchilar yetishib chiqsa, bundan faqat xursand bo‘lamiz.

Manba: https://t.me/FCKOKAND
Kiritildi: 07:23, 13.04.2025.
O'qildi: 706 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.