Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/02 18:45 Nasaf 1-1 Ash-Shorta
09/02 18:45 Al-Vahda 0-0 Al-Ahli (SA)
09/02 21:00 Duhayl 1-1 Sharja
09/02 21:00 Shabab al-Ahli 0-0 Al-Hilol
10/02 21:00 Traktor - As-Sadd
10/02 23:15 Al-Ittihod - Al-G‘arafa

Parti: "Arsenal" "Real"ga qarshi javob o‘yinida nima qilish kerakligini biladi"

Parti: "Arsenal" "Real"ga qarshi javob o‘yinida nima qilish kerakligini biladi"

Baho:
+ | -

Londonning "Arsenal" klubi yarim himoyachisi Tomas Parti Chempionlar ligasi chorak finalida "Real" bilan bo‘lajak o‘yin haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Jamoalarning birinchi uchrashuvi "kanonirlar"ning 3:0 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlandi. Javob o‘yini 16 aprel kuni "Santyago Bernabeu"da bo‘lib o‘tadi.

"Biz to‘p bilan ishonchli o‘ynashimiz va o‘z o‘yinimizni o‘ynashga harakat qilishimiz kerak. Biz nima qilishimiz kerakligini hammamiz bilamiz. Maqsadimiz har bir o‘yinda g‘alaba qozonish va Madridga ham xuddi shunday munosabat bilan yo‘l olamiz. "Real"ning zaif tomonlaridan foydalanib, hujumda davom etishga harakat qilamiz", - dedi Parti.

Shanba kuni "Arsenal" APL doirasidagi o‘yinda "Brentford" bilan ochkolarni bo‘lishib oldi (1:1). Golga aynan ganalik yarim himoyachi mualliflik qildi.

Kiritildi: 10:51, 13.04.2025.
O'qildi: 1966 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.