Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron 2-2 Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

"Real" – Chempionlar ligasi chorak finalida yakshanba kuni liga o‘yinini o‘tkazadigan yagona jamoa

"Real" – Chempionlar ligasi chorak finalida yakshanba kuni liga o‘yinini o‘tkazadigan yagona jamoa

Baho:
+ | -

13 aprel, yakshanba kuni Chempionlar ligasi chorak finalida ishtirok etayotgan jamoalar ichida faqatgina “Real Madrid” o‘yin o‘tkazadi. “Qaymoqranglilar” Ispaniya Primerasining 31-turida “Alaves”ga qarshi bahs olib boradi.

Chempionlar ligasining ushbu bosqichining yana bir ishtirokchisi “PSJ” – “Nant” o‘rtasidagi o‘yin parijliklar iltimosiga ko‘ra 13 apreldan 22 aprelga ko‘chirildi, chunki fransuz grandi “Aston Villa” bilan o‘yinlar oralig‘ida tiklanish uchun ko‘proq vaqt olishni istashdi.

Chempionlar ligasi chorak finalida ishtirok etayotgan qolgan olti jamoa 12-aprel, shanba kuni milliy chempionatdagi o‘yinlarini o‘tkazdi.

Avvalroq, La Liga "Real"ning "Alaves" bilan o‘yinni shanba kuniga ko‘chirish haqidagi iltimosini rad etgandi. "Los Blankos" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti bu qarorni tushunarsiz deb atadi. 16-aprel, chorshanba kuni “Qirollik klubi” Chempionlar ligasi chorak finalining javob uchrashuvida “Arsenal”ga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 16:23, 13.04.2025.
O'qildi: 3301 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик