Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

Maksim Shaskix: “Behruz Asqarov va Abduqodir Husanov turli xil futbolchilar”

Maksim Shaskix: “Behruz Asqarov va Abduqodir Husanov turli xil futbolchilar”

Baho:
+ | -

“Paxtakor” klubi prezidenti maslahatchisi Maksim Shaskix Qozog‘iston nashriga bergan intervyusida “Turon” safida porlayotgan o‘zbekistonlik yarim himoyachi Behruz Asqarov haqida fikr bildirdi.

22 yoshli Asqarov yaqinda “Qiziljar”ga qarshi o‘yinda zaxiradan maydonga tushib, gol va assist muallifi bo‘ldi. Shuningdek, “Atirau”ga qarshi Qozog‘iston Kubogi uchrashuvida ham golli uzatma berdi. Uning o‘yini nafaqat Qozog‘istonda, balki O‘zbekistonda ham katta e’tibor qozonmoqda. Hatto uni kelajakdagi Husanov deb atayotganlar bor.

Biroq Shaskix bu taqqoslashga qo‘shilmaydi:

"Husanov va Asqarov butunlay boshqacha futbolchilar. Ular pozisiyasi, jismoniy holati va texnik jihatdan farq qiladi. Men Behruzni yaxshi bilaman. Juda yaxshi bola, tartibli va iste’dodli. “Paxtakor”da u ko‘p vaqt o‘ynamagan, sababi raqobat kuchli edi, qolaversa, u tez-tez terma jamoada bo‘lardi".

Murabbiy unga bir nechta pozisiyada imkon berganini ham aytib o‘tdi:

"Asqarovni himoyaning turli nuqtalarida ham sinab ko‘rganman — tayanch zonasi, chap va o‘ng qanot himoyachisi sifatida ham. U barcha topshiriqlarni sifatli bajargan".

Shaskix Asqarovning intellektual darajasi yuqori baholadi:

"Futbol — bu birinchi navbatda aql sporti. Behruzda bu bor. Unga faqat ko‘proq o‘yin amaliyoti kerak. Potensiali katta. Balki birinchi bosqichdayoq “Manchester Siti”ga o‘ta olmas, lekin u kuchli jamoada o‘ynashga qodir futbolchi hisoblanadi".

Ma’lumot uchun, Behruz Asqarov qishki transfer oynasi paytida “Paxtakor”dan Qozog‘istonning “Turon” klubiga ijara asosida ko‘chib o‘tgan edi. U O‘zbekistonning turli yosh toifasidagi terma jamoalari safida o‘ynagan. Hozirda O‘zbekiston U-23 jamoasining asosiy tarkib futbolchisi hisoblanadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 18:11, 13.04.2025.
O'qildi: 2796 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.