Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Pedro Moreyra: «Bizga qiyinchilik tug‘dirgan narsa birinchi bo‘lib gol o‘tkazganimiz bo‘ldi»

Pedro Moreyra: «Bizga qiyinchilik tug‘dirgan narsa birinchi bo‘lib gol o‘tkazganimiz bo‘ldi»

Baho:
+ | -

«Paxtakor» – «Andijon» (2:3) o‘yinidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Pedro Moreyra qatnashdi.

— O‘yinimiz biroz qiyin kechdi. Uchrashuv davomida tashabbusga erishishga harakat qildik. Birinchi bo‘limda yaxshi o‘yin ko‘rsatayotgandik. Birinchi golni o‘tkazganimizdan keyin o‘yinga o‘zgartirishlar kiritishga harakat qildik. Oldinga o‘tishga intildik. Biroq standart vaziyatlardan gol o‘tkazib yubordik. Shogirdlarim o‘zlarining mahoratlarini ko‘rsatishdi. Ular oxirigacha kurashishdi. Biroq bunday natija bo‘lmasligi kerak edi.  

— G‘alaba qozonish uchun vaziyat yaratish kerak. «Paxtakor» birgina «Mash’al» bilan o‘yinda kuchli taraflarini ko‘rsata oldi. Qolgan uchrashuvlarda esa o‘z darajasida yetarlicha imkoniyatlar yarata olmayapti. Vaholanki, o‘yinchilar hujumkor o‘ynay oladilar. Bu nima bilan bog‘liq?
— Bizga qarshi hamma jamoalar kutib o‘ynashadi. Darvozaga yaqin joyda futbolchilari ko‘p bo‘ladi. Shuning uchun kutishga, ularga qiyinchilik tug‘dirishga harakat qilamiz. Lekin bugun o‘yin davomida ancha yaxshi harakat qildik, ammo natija bo‘lmadi. Birinchi bo‘limda 2-3 ta imkoniyatimiz bo‘ldi. Hatto, darvozaga kirib ketayotgan to‘pni himoyachi qaytarib yubordi. Gol o‘tkazgandan keyin tavakkalchilikka o‘tishga majbur bo‘ldik. Ular standartdan imkon qadar foydalanib ketishdi.

— «Andijon» klubi hali Toshkentda yutmagandi. Tarixda birinchi marta safarda «Paxtakor» ustidan g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi. O‘yindan oldin raqibni qanchalik o‘rgangandingiz?
— Biz raqibni hurmat qilgan holda kim qanaqa o‘ynashini qarab chiqdik. Fikrimcha, bugun to‘p nazorati ko‘proq «Paxtakor»da bo‘ldi. Bor imkoniyatdan gol urishga harakat qildik. Bizga qiyinchilik tug‘dirgan narsa birinchi bo‘lib gol o‘tkazganimiz bo‘ldi. Ammo bunday natija bo‘lmasligi kerak edi. Futbolchilarimiz yaxshi o‘yin ko‘rsatishgandi.

— Nima uchundir «Paxtakor»ning ustun taraflari va rejalari raqibga qarshi o‘tmayapti. Holbuki, raqib o‘z rejalarini o‘tkaza olyapti. «Andijon»ning ustun taraflari – jarima zarbalari, burchak to‘plari va ikkinchi qavatda yaxshi o‘ynaydi. Jamoa o‘z ustunligini ko‘rsata oldi.
— Biz ham buning ustida ishlaganmiz. Misol uchun, hujumda va himoyada qanday o‘ynash borasida o‘ylaganmiz. E’tibor bergan bo‘lsangiz, imkoniyatlarimiz ko‘p bo‘ldi. Faqatgina farqli tomoni, raqib o‘z imkoniyatlaridan foydalanib ketdi.

— O‘yinlardan oldin hamkasbingiz bilan ko‘rishayotganda kichkinagina sovg‘a beryapsiz. Bu nima ekanligi qiziq...
— Bizda shunaqa odat borki, mehmon jamoa kelganda qandaydir sovg‘a beriladi. Chunki bizni stadionga kelgan raqib jamoa murabbiyiga hurmat ko‘rsatish yuzasidan esdalik uchun sovg‘a topshiramiz.

— Bu asalmidi?
— Asosiy narsa, ichida shirinlik narsa va yong‘oq bor.

— «Paxtakor»ga qarshi jamoalar yopiq o‘ynaydi va tempni pasaytirishga harakat qiladi deyilyapti. «Paxtakor» O‘zbekistonning grand klubi bo‘lgani uchun har doim har bir jamoa o‘z kuchidan kelib chiqib, bu jamoaga qarshi himoyaviy o‘yin ko‘rsatib kelgan. Masalan, «Andijon» 10 yil oldin ham «Paxtakor»ga qarshi himoyaviy o‘ynagan. Bu safar ham shunaqa o‘ynayapti, ammo yutib ketyapti...
— Raqib jamoa bizni hurmat qilib kutadi. Yopiq o‘yinlarda ham ular vaziyatlarini kutadi. Biz ham ishlayotganda oldindagi vaziyatlarga tayyorgarlik ko‘ramiz, rejalashtiramiz. Jamoa ham bir hafta davomida ishladi, o‘zini ko‘rsata oldi, sifatli o‘yin ko‘rsatdi. Ayrim o‘yinchilarimizda jarohat bor. To‘g‘risini aytganda, ular bizga yetishmayapti. Jarohatlanganlar safga qaytishsa, jamoamiz yanada kuchayadi. Biz harakat qildik, futbolchilar to‘pni o‘ngdan-chapga uzatib, joy qidirishga harakat qilishdi. Biroq raqib imkoniyatlaridan foydalanib ketdi.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 06:11, 14.04.2025.
O'qildi: 1347 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.