Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

Osimxen atrofidagi shov-shuv: nigeriyalik hujumchini nima kutmoqda?

Osimxen atrofidagi shov-shuv: nigeriyalik hujumchini nima kutmoqda?

Baho:
+ | -

Turkiya Superligasining peshqadami va so‘nggi ikki mavsum chempioni bo‘lgan "Galatasaroy" mavsum oxirigacha "Napoli"dan ijaraga olingan nigeriyalik hujumchi Viktor Osimxenni qo‘yib yubormoqchi emas.

Futbolchining so‘nggi o‘yindan so‘ng xayrlashuvga o‘xshagan bayonotlariga qaramay, klub uni o‘z tarkibida saqlab qolmoqchi. "Galatasaroy" rahbariyati Osimxenning jamoada qolishi uchun barcha zarur moliyaviy va sport shartlarini bajarishga tayyorligini bildirdi.

"Tez orada qaror qabul qilamiz. "Galatasaroy" doim yuragimda... Bugun unutilmas kun bo‘ldi - 25-chempionligimiz va beshinchi yulduzimiz", - deydi Turkiyada joriy mavsumda 21 ta gol urgan forvard.

Klub vise-prezidenti Ibrohim Xatipog‘lu Osimxenning so‘zlarini so‘nggi xayrlashuv sifatida qabul qilmaslik kerakligiga aniqlik kiritdi.

"Uning so‘zlari ketayotganini anglatmaydi. Ketgan taqdirda ham "Galatasaroy" doim yuragida bo‘lishini aytdi. Lekin u ketishini aytmadi. Biz uning biz bilan qolishini istaymiz" - Ibrohim Xatipog‘lu.

Turk klubi Osimxenga Yevropaning bir qancha gigantlari tomonidan katta qiziqish bildirilganidan xabardor. Ular orasida "Barselona", "Yuventus", shuningdek, ingliz klublari ham bor. "Barselona" o‘z navbatida Levandovskini hujumda qo‘llab-quvvatlay oladigan va polshalik klubni tark etganda silliq o‘tishni ta’minlay oladigan kuchli hujumchi qidirmoqda. "Barselona" hujumini kuchaytirish uchun eng ko‘p tilga olinadigan ikki nom - Viktor Osimxen va Viktor Dyokeresh.

Kiritildi: 11:40, 14.04.2025.
O'qildi: 1244 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.