Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

O‘FAda bir qator hakamlarning sport musobaqalari natijalariga ta’sir o‘tkazishga aloqadorligi to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqildi

O‘FAda bir qator hakamlarning sport musobaqalari natijalariga ta’sir o‘tkazishga aloqadorligi to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Etika qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Professional futbol ligasining 2025 yilning 9 yanvarida yuborgan 01/10-sonli xatiga asosan O‘zbekiston futbol hakamlari markazi hakamlari Aziz Asimov, Rahim Karimov, Akobirxo‘ja Shukurullayev, Abdurashid Xudoyberganov hamda Firdavs Norsafarovlarning sport musobaqalari natijalariga ta’sir o‘tkazishga aloqadorligi to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqildi.

O‘FA Etika qo‘mitasiga taqdim etilgan hujjatlarga asoslanib, qo‘mita tomonidan O‘zbekiston futbol hakamlari markazi sobiq hakamlari Aziz Asimov va Rahim Karimovlar faoliyatida yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklari uchun o‘z arizalariga ko‘ra hakamlik faoliyati tugatilgani, shungindek, faoliyatida texnik xatolarga yo‘l qo‘ygan hakamlar Akobirxo‘ja Shukurullayev, Abdurashid Xudoyberganov hamda Firdavs Norsafarov esa hakamlik faoliyatidan ma’lum muddatga chetlashtirilganligi aniqlandi.

O‘FA Maxsus inspeksiyasi tomonidan nomlari yuqorida keltirilgan hakamlar bilan profilaktik va tushuntirish ishlari olib borilgan hamda ular o‘z faoliyatida yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklarini to‘liq tushunib yetganlar. Shuningdek, kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan bu kabi holatlarni oldini olishi bo‘yicha barcha imkoniyatlarini ishga solishini bildirib o‘tganlar.

Etika qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston futbol hakamlari markazi hakamlari Akobirxo‘ja Shukurullayev, Abdurashid Xudoyberganov hamda Firdavs Norsafarovlarga nisbatan vaqtinchalik O‘zbekiston futbol hakamlari markazi tomonidan Superliga, Proliga, Birinchi liga, O‘zbekiston kubogi va Superkubogi kabi musobaqalarda faoliyat olib borishga nisbatan qo‘llanilgan cheklovlar (chetlatishlar) muddati tugaganligi bois, ularning hakamlik faoliyatini qayta tiklanishi ta’minlanishi bo‘yicha qaror chiqarildi.

Kiritildi: 16:30, 14.04.2025.
O'qildi: 1254 marta.
Fikrlar: 18 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.