Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/08 19:00 So‘g‘diyona - Andijon
06/08 20:00 Paxtakor - Buxoro
07/08 19:00 Surxon - Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv - Dinamo
07/08 20:00 Xorazm - Mash’al

"Bavariya" Komanni sotishga qaror qildi

"Bavariya" Komanni sotishga qaror qildi

Baho:
+ | -

"Bavariya" vingeri Kingsli Koman yaqinlashib kelayotgan transferlar davrida sotib yuborilishi mumkin.

Myunxen klubi yozda fransuz bilan xayrlashishga tayyor. Futbolchi bilan allaqachon Londonning "Arsenal" klubi vakillari bog‘langan, Saudiya Arabistoni chempionatining to‘rt nafar vakili ham qiziqish bildirmoqda, deb yozadi Sky Sport. "Bavariya" 28 yoshli futbolchi Angliyaga yo‘l olsa, sotuvdan 35-40 mln yevro ishlab olmoqchi. Saudiya klublaridan biri bilan kelishuv 50 mln yevrodan ko‘proq foyda keltirishi mumkin.

Manbaning ta’kidlashicha, Koman "Arsenal"ga o‘tgan taqdirda yiliga 16-17 mln yevro atrofida maosh oladi, Saudiya Arabistonida esa unga yiliga 25 mln yevro atrofida mablag‘ taklif qilishlari mumkin.

Kiritildi: 04:22, 15.04.2025.
O'qildi: 593 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик