Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

Qozog‘istonda legionerlar byudjet hisobidan moliyalashtirilmaydigan bo‘ldi

Qozog‘istonda legionerlar byudjet hisobidan moliyalashtirilmaydigan bo‘ldi

Baho:
+ | -

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev tomonidan mamlakatning bir qator qonunlariga o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi yangi qonun imzolandi. Bu haqda Tengrinews xabar bermoqda.

Yangi hujjat jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat siyosatini takomillashtirish, ortiqcha byurokratik tartiblarni qisqartirishga qaratilgan.

Endilikda vakolatli organlar mamlakat miqyosida ustuvor sport turlari ro‘yxatini shakllantiradi, yuqori natijalarga yo‘naltirilgan sport turlarini aniqlaydi va ularni byudjet hisobidan moliyalashtirish tartibini belgilaydi.

Ustuvor sport turlari xalqaro maydondagi natijalar asosida belgilanadi. Ular orasida Olimpiya, Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari dasturiga kiruvchi hamda milliy sport turlari ham bo‘ladi.

Shuningdek, sport federasiyalarini akkreditasiyadan o‘tkazish tartibi takomillashtirildi. Endi federasiyalar milliy va mahalliy toifalarga ajratiladi.

Yana bir muhim o‘zgarish: xorijlik legionerlarni byudjet hisobidan moliyalashtirish taqiqlanadi. Bu taqiq davlat byudjeti va kvazidavlat sektor sub’ektlari mablag‘larini qamrab oladi. Shaxsiy homiylik esa taqiqlanmagan.

Moliyalashtirish to‘rtta yo‘nalishda amalga oshiriladi:

Ustuvor sport turlari;
Davlat sport muassasalarining faoliyati;
Ommaviy sportni rivojlantirish;
Sport infratuzilmasini rivojlantirish.
Qonunga ko‘ra, antidoping qoidalarini buzganlar bo‘yicha choralar ko‘rish huquqi vakolatli organlarga beriladi.

2024 yil noyabr oyida deputat Asxat Aymag‘ambetov sportda legionerlar masalasida qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritish zarurligini aytgan edi. Unga ko‘ra, Qozog‘istonda hozirda 180 ga yaqin sport turi moliyalashtirilmoqda va mablag‘lar har tomonga “sochilib ketayotganini” ta’kidlagan. Shu sababli ustuvorlikka ega sport turlarini ajratib, mablag‘larni maqsadli yo‘naltirish zarurligi qayd etilgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:29, 17.04.2025.
O'qildi: 744 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.