Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Fadjoli eski "yarasi"ni yangilashni xohlamaydi

Fadjoli eski "yarasi"ni yangilashni xohlamaydi

Baho:
+ | -

Nikolo Fadjoli o‘zining sportga pul tikish ishi bo‘yicha tergovga oid yangi ma’lumotlarga izoh berdi.

11 aprel kuni ma’lum bo‘lishicha, "Fiorentina" futbolchisining telefonini tekshirish chog‘ida yana 12 nafar futbolchiga noqonuniy saytlar orqali pul tikish holati aniqlangan. Ular orasida Alessandro Florensi, Nikolo Zaniolo, Mattia Perin, Ueston Makkenni, Leandro Paredes va Anxel Di Mariya bor.

"Men adolat oldidagi burchimni bajardim. Futboldan chetlashtirishdi, doimiy xo‘rlashdi, sharmandalik va hech qachon oyoqqa turmaslik xavfini ko‘rdim.

Og‘ir kasalligim haqida maktablar, oilam, do‘stlarim va ommaviy axborot vositalariga gapirib berdim.

Qimor o‘yinlariga qaramlik muammolari va unga qarshi qanday kurashish haqida doimo gapiradigan o‘sha matbuot, bugun yana meni xuddi shu narsani boshdan kechirishga majbur qilmoqda, bu og‘ir.

Men noto‘g‘ri ish qilganim uchun javobgarlikni o‘z zimmamga olaman. Menga ishongan hammaning hafsalasini pir qildim.

Men jabrlanuvchi rolini o‘ynamoqchi emasman, lekin men og‘ir kunlarni boshdan kechirdim va og‘ir xastalikdan aziyat chekdim. Mavzuning ommaviy axborot vositalarida rivojlanishi meni yana bu zolim ahvolga qaytaradi.

Men xato qildim va buning uchun badal to‘ladim. Men o‘zim va atrofimdagilardan boshqa hech kimga yomonlik qilganim yo‘q. Xatoga yo‘l qo‘ygan va uning haqini to‘lagan har qanday odam kabi men ham oyoqqa turishga haqqim bor.

Men bu haqda boshqa gapirmayman. Endi bor e’tiborimni maydonda bor kuchimni berishga qaratishim kerak”, — deb yozdi Fadjoli ijtimoiy tarmoqda.

Kiritildi: 15:58, 17.04.2025.
O'qildi: 555 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.