Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal 1-0 Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

"MYU" darvozabon pozisiyasida bir qancha variantlarga ega

"MYU" darvozabon pozisiyasida bir qancha variantlarga ega

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" rahbariyati nafaqat asosiy darvozabon, balki zaxira darvozabonini ham topish uchun transfer bozorida astoydil ishlashi kerak. Bunday fikrni talkSPORT nashri jurnalisti Aleks Kruk bildirdi.

Jamoaning 1-raqami kamerunlik Andre Onananing beqaror o‘yini uning "Nyukasl"ga qarshi chempionat o‘yinida asosiy tarkibda maydonga tushmasligiga olib keldi. Zaxira darvozaboni Tomas Xiton esa hamon shartnomani uzaytirmayapti va yozda jamoani tark etishi mumkin.

Krukning fikricha, hozirda "qizil iblislar" short-listida asosiy da’vogarlar qatorida "Sautgempton" darvozaboni Aaron Remsdeyl qayd etilgan bo‘lsa-da, "Parma"dan Dzion Sudzuki, "Brayton"dan Bart Verbryuggen va "Byornli"dan Jeyms Trafford kabi nomzodlarni yoddan chiqarmaslik kerak.

Kiritildi: 18:08, 17.04.2025.
O'qildi: 960 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик